Davron Fayziev: Boshqa tashkilotlarni bilmadimu, men unga "Oltin to‘p"ni berib bo‘lganman

  • 18 aprel, 2022, 14:51
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" - "Real" bahsida madridliklar kambek namoyish etib, g‘alaba qozondi. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida uchrashuvdan keyingi fikrlarini yozib qoldirdi. 

Tecno

Uikendning markaziy uchrashuvida "Sevilya" va "Real Madrid" to‘qnash keldi. Rakitich va Lamelaning gollaridan so‘ng "Sevilya" birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal etdi. Lekin "Real" bu mavsumda kambeklar qiroliga aylandi, boshqachasiga iloji yo‘q shekili. Karlo Anchelottining o‘zgarishlari tezkor ishlab ketdi. 45-daqiqada tushgan Rodrigo 5 daqiqadan keyin gol urdi. 81-daqiqada o‘yinga qo‘shilgan Nacho 1 daqiqada darvozani ishg‘ol qildi. Oxirida esa mavsum qahramoni Karim Benzema so‘nggi o‘qni uzdi, 3:2. "Sevilya" o‘z uyida mavsumda birinchi bor yutqazdi.

Karim La Ligadagi 25-golini urdi va bu shaxsiy rekordi. Umumiy mavsumda 39 o‘yin, 39 gol, 14 assist. Boshqa tashkilotlarni bilmadimu, men unga "Oltin to‘p"ni berib bo‘lganman.

La Ligadagi vaziyat, "Real"ning "Barselona" bilan farqi 15 ochko. Biroq "Barsa" zaxirasida ikkita uchrashuv bor. Bugun va keyin o‘sha o‘yinlarni yutsa, farq 9 ochkoni tashkil etadi. Chempionat tugashiga 6 tur qoladi, - dedi Davron Fayziev.

photo_2022-04-18_02-58-00

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Muhammad Ali 07
18/04/2022 15:12
Vaqtida bermading hatto oldingi yil ham endi nima foydasi bor.
Muxammad-Ali Ergashev
18/04/2022 15:00
Men ham bergan bo'lardim,oltin to'pni Benzemags