
Davron Fayziev: Bu yolg‘on xabar
"SPORTS.uz haftasi" ko‘rsatuvining navbatdagi soni taqdim etilmoqda. Siz ushbu sonda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlariga yakuniy fikrlar, xulosa, Maurisio Pochettino, Joze Mourino va boshqa mavzular borasida Davron Fayziev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Taniqli sharhlovchi Maurisio Pochettino borasida so‘z yuritar ekan uning iste’fosidan hafa ekanligi va uning sabablari borligiga e’tibor qaratdi.
- Maurisio Pochettinoning bo‘shatilishi meni ranjitdi. Chunki bu murabbiyni o‘rtacha darajadan finalga chiqishiga qadar sinchkovlik bilan kuzatib borganman. Katta ko‘lamdagi ishni bajardi. Zo‘r mutaxassis. Ketishiga asoslari yo‘q edi. Biroq o‘zim uchun xulosa qilgan holda shuni aytishim mumkinki, Maurisio Pochettino boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Pochettino bu darajadagi murabbiylardan kam emas, xatto og‘irroq ham. O‘qish, yozish, chizish, tarbiyaga ham e’tibor bera oladigan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Shu narsa murabbiy tomonidan “Tottenxem”da amalga oshirildi. Lekin bu o‘qituvchi qanchalik zo‘r bo‘lmasin, sinf unga qanchalik o‘rganmasin, “Tottenxem” futbolchilari uni qanchalik yaxshi ko‘rishmasin, bolalarning ota-onalari uni qanchalik xurmat qilmasin, o‘sha sinf 4-sinfni bitirganidan keyin bolasidek bo‘lib qolgan jamoani yuqori sinfga qo‘yib yuboradi. Nega? Chunki ularga endi boshqacharoq yondoshuv talab etiladi va sinf yubori bosqichga ko‘tariladi. Bu bekorga o‘ylab topilmagan. Bu voqea “Tottenxem”da ham ro‘y berdi.
Maurisio Pochettino “shporlar”ni boshlang‘ich sinfdan o‘tkazib oldi. Klub rahbarlari o‘ylayaptiki, endi bizga sovrinlar kerak, unga mosroq bo‘lgan murabbiy bilan birga boramiz. Ya’ni Pochettino kuchsiz emas. Shunchaki u boshqacharoq uslubda ishlaydigan murabbiy. Klub rahbarlari Mourinoga sovrinlar keltiradigan inson sifatida qarashmoqda.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga “Real”dek katta jamoa nega qiziqmoqda? Bu yolg‘on xabar. Bunga ishonmayman. Zidanning o‘rniga Pochettinoni olib kelish bu – ahmoqlik, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar