Davron Fayziev Buxoroda!

  • 03.01.2021 18:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Kecha xabar berganimizdek, “Buxoro” klubida o‘zgarish yuz bermoqda. Bosh murabbiy Jamshid Saidov iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini jizzaxlik mutaxassis Davron Fayziev egallagani aytilgandi. Shuningdek, rahbariyatda ham o‘zgarish kuzatilgan bo‘lib, klub bosh direktori Alisher Rustamovning o‘rnini Jamol Alimov egalladi. 

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, murabbiy rejaga ko‘ra, bugun Buxoroga etib kelgan. Lekin Davron Fayzievning saytimizga aytishicha, hali klub rahbarlari bilan uchrashmagan.

Ammo yaqin soatlarda “Buxoro” mutasaddilari bilan uchrashishini aytdi. Ayni paytda murabbiy shahardagi mehmonxonalardan birida bo‘lib turibdi.

Shuni ham eslatib qo‘ymoqchimizki, Fayziev hozircha “Qo‘qon-1912”ni rasman tark etgani yo‘q. Katta ehtimol bilan bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan keyin barchasi rasman oydinlashadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!