
Davron Fayziev: "Chelsi" yangi murabbiy kelganda doimgidek ochilib bormoqda
APL doirasidagi 22-turdan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Chelsi" bahsida "ko‘klar" 1:0 hisobida zafar quchishdi. "Aristokratlar"ning yangi ustozi Tomas Tuxel jamoaga yaxshi kirishib ketgandek.
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida "Chelsi"ning g‘alabasi va "Tottenxem"ning chempionlik poygasidan uzoqlashishiga e’tibor qaratdi.
- "Chelsi" yangi murabbiy kelganda doimgidek ochilib bormoqda. Tomas Tuxel jiddiy g‘alabaga erishdi. Mehmonda "Tottenxem"ni yutdi. Joze Mourino jamoasi tobora chempionlik poygasidan uzoqlashib ketmoqda. "Tottenxem"ni Chempionlar ligasi zonasidan ham turtib chiqarishdi. Kechagi mag‘lubiyatning Mour uchun eng yomon tomoni, u faoliyatida birinchi marta ketma-ket ikkita uy uchrashuvini yutqazdi, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar