Davron Fayziev: "Dinamo" finalga chiqmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bugun muxlislarga yoqadigan chiroyli o‘yin o‘tkazdik. Yakunda yirik hisobda zafar quchishga muvaffaq bo‘ldik. Endi kelasi uchrashuvlarga ham xuddi bugungidek jiddiy hozirlik ko‘rishga va shunday g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Oldimizga qo‘ygan maqsadimiz – Liga kubogi musobaqasi finaliga qadar etib borish. Ba’zi jamoalar balkim kubok bellashuvlaridan ko‘ra ichki chempionatda yaxshiroq ishtirok etishni ko‘zlar. Biz esa o‘zimiz ishtirok etadigan har uchala turnirda ham munosib qatnashishga intilamiz", - deb Fayzievning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
02/06/2019 07:33
Orzu ayb yuq