Davron Fayziev: "Inter" Mourino davridan beri Skudettoga erishmagan

  • 1 mart, 2021, 09:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist va sharhlovchi Davron Fayziev o‘z "Telegram" kanalida "Inter"ning g‘alabali yurishiga munosabat bildirdi:

Tecno

"Italiyada favorit va chempionlik uchun da’vogar o‘zgarganidan xabaringiz bor. "Inter" mavsumning ikkinchi qismini kuchli boshladi. Oxirgi 6 uchrashuvda 17 gol urib, 1 to‘p o‘tkazib yubordi. Baribir, Konte - top. Uning jamoasi tasodifan qoqiladigan va chuqur inqirozga kiradiganga ham o‘xshamaydi. "Inter" Mourino davridan beri Skudettoga erishmagan. Uddalaydimi? Yoki hamshaharlar to‘sqinlik qiladimi?", - deb yozadi Davron Fayziev. 

Kecha "neradzurrilar" Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa"ni o‘z uyida yirik hisobda taslim etgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!