Davron Fayziev Manchester qanday rangdaligi, derbida yaqqon favorit yo‘qligi, APL grandlariga yutqazmagan yagona jamoa borasida

  • 7 dekabr, 2019, 15:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Angliya chempionati 16-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi o‘tkaziladi.

Tecno

Ushbu bahs "Uzreport TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:30da start oladi. Bellashuvni esa Davron Fayziev sharhlab boradi. Bu haqda sharhlovchining o‘zi telegramdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

mc-2

Shuningdek, Davron Fayziev derbida yaqqol favorit yo‘qligi borasida to‘xtaldi.

Manchester qanday rangda? Moviy? Oxirgi mavsumlar shunday edi. Bugunchi? Shoshmang fikr bildirishga, ayniqsa jadvaldagi 11 ochko farqni ko‘rib yoki Gvardiola Sitisining shaharda so‘nggi gegemonligini eslab. "Qizillar" bu mavsum birorta TOP klubga yutqazmadi. "Liverpul"dan ochko olgan yagona jamoa. "Chelsi"ni yirik yutgan. Mourinyuning "Tottenxem"iga birinchi mag‘lubiyat mazasini tatib ko‘rishga berdi. Uchar "Lester"dan 3 ochkoni sug‘urib olgan. "Arsenal" oson qutilgan, durangga rozi bo‘lib. Qizil Manchesterga duch kelmagan yagona favorit qoldi. Ha, "Siti".

Ana endi yana o‘sha savol. Ho‘sh, Manchester qanday rangda?

Bu safargi yaqqol favoritsiz derbini o‘tkazib yubormang, - dedi uchrashuv sharhlovchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!