Davron Fayziev: "Nasaf"ga qarshi o‘yin derbilarga xos o‘tdi
"Barchani yangi mavsum starti bilan tabriklayman. Ikki yon qo‘shni viloyat jamoalari o‘rtasidagi o‘yin chin ma’noda derbilarga xos tarzda o‘tdi. Tan olish lozim, “Nasaf” ayni paytda o‘yin davomida xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha “Paxtakor” bilan tenglashib turibdi. Shu sababdan o‘yin yakkakurashlarga boy tarzda kechdi.
Asosiysi muhim 1 ochko qo‘lga kiritildi. Bunda 12-o‘yinchimizga aylanib, bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizni ham xissasi katta. Biz mavsum davomida ularni xursand qilib borishga intilamiz" - dedi Fayzievning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.

Fikrlar