Davron Fayziev O‘zbekiston - Eron o‘yini oldidan muhim faktga e’tibor qaratdi. Chindan ham o‘zgartirish vaqti keldi
Bugun bo‘ladigan O‘zbekiston - Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi sahifasida jamoalar o‘rtasidagi statistikani yaxshilash vaqti kelgani haqida yozdi.
- Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo mintaqasidagi azaliy raqibi Eron bilan xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. O‘z maydonimizda Eron ustidan hech g‘alaba qozona olmaganmiz. Shu statistikani o‘zgartirish vaqti keldi. Omad jamoamizga, - dedi Davron Fayziev.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi.
O‘zbekiston MTJning Eronga qarshi salbiy statistikasi. Bugun forslarning Toshkentdagi ilk mag‘lubiyati bo‘lishi mumkinmi?


Fikrlar