Davron Fayziev: Qur’aning ko‘zi ko‘r bo‘ladi
Xabaringiz bor bugun Samarqandning "Dinamo" klubi Superliganing ilk turida o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qiladi. Samarqandliklar ustozi Davron Fayziev mavsumga tashlangan qur’a haqida gapirib o‘tdi.
"Qur’ani ko‘zi ko‘r bo‘ladi deyishadi. Baribir qachondir hamma jamoalar bilan o‘ynashimiz kerak. Birinchi turni o‘z maydonimizda muxlislarimiz qarshisida o‘tkazishimiz yomon emas. Ayniqsa, “Nasaf”dek jamoa bilan o‘ynash yanada qiziqarli. “Surxon” jamoasi ham birinchi turni o‘z maydonida “Metallurg”ga qarshi o‘tkazadi. “Paxtakor” – “Lokomotiv” to‘qnashuvi birinchi turdayoq ro‘y berishini ham hech kim kutmagandi. Qur’adan nolishga hojat yo‘q", - deydi Fayziev.
Eslatib o‘tamiz, "Dinamo" va "Nasaf" bahsi soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar