
Davron Fayziev: "Ular nafaqat maydonda, balki tashqarisida ham bir-birini mukammal tushunishardi".
Mashhur sharhlovchi Davron Fayziev o‘z "Telegram" kanali orqali ispaniyalik futbol yulduzlari Xavi Ernandes hamda Andres Inesta haqidagi qiziq fakt bilan o‘rtoqlashdi:
"Xavinesta
Qiziq fakt. Sezganmisiz yo‘qmi, Xavi va Inesta "Barselona" hamda Ispaniya terma jamoasida har xil raqamlarda o‘ynagan. "Barsa"da Xavi 6, Andres 8. Ispaniyada esa teskarisi, Xavi 8, Inesta 6. Biz sharhlovchilar sezardik, chunki bu narsa ozgina adashtirardi.
Endi sababini aytaman. Gap shunda-ki, ikkala futbolchi 8-raqamda o‘ynashni orzu qilgan. "Barselona"da tabiiyki, bunday raqamni faqat bittasi olishi mumkin edi. Shunda ular o‘zaro kelishgan holda klubda biri, terma jamoada boshqasi sevimli sakkizinchi raqamda o‘ynadi.
Ular nafaqat maydonda, balki tashqarisida ham bir-birini mukammal tushunishardi. Tarixdagi eng kuchli markaziy juftliklardan biri".
Fikrlar