
Davron Kabulov: Oddiy teleboshlovchiga termani berolmaymiz, lekin o‘zi bilan shartnoma tuzgan futbolchilarni o‘ynatadigan agentga beramiz
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi kecha JCh-2022 2-saralash bosqichining so‘nggi turida Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘lib, mundialga chiqish imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Taniqli jurnalist, teleboshlovchi va so‘z ustasi Davron Kabulov mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng "Instagram" sahifasi orqali chiqish qildi.
"Oddiy o‘zbek teleboshlovchiga murabbiylikni bera olmaymiz! Lekin faqat o‘zi bilan shartnoma tuzgan futbolchilarni o‘ynatadigan agentga beramiz. Totalizatorda o‘ynashini hamma biladigan boshqaga terma jamoani bera olamiz. Ahmoqlar :(" , - deya yozib qoldirdi Kabulov.
Eslatib o‘tamiz, bir necha yil avval Davron Kabulov terma jamoani boshqarishga tayyor ekanligini aytgan edi. Agar jahon chempionatiga olib chiqa olmasa, uyini berishga va’da bergandi.
Fikrlar