
De Bryuyne: "Chelsi"dan ketganim men uchun eng yaxshi qaror"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne "Chelsi"dan nima uchun ketganligini aytdi.
2012 yil yarim himoyachi "Verder"ga ijara asosida yo‘l olgan, keyinchalik uni "Volfsburg" sotib olgan.
"Men "Chelsi"ni tark etishga qaror qildim, chunki bu klubda menga imkoniyat bermasliklarini his qildim. Londonliklarni tark etganim men uchun eng yaxshi qaror. Yaxshilanish uchun boshqa jamoada hammasini noldan boshlashim kerak edi.
Keyin hammasi tez sodir bo‘ldi. "Chelsi"dagi qiyin damlarda ham o‘zimning qobilyatimga shubha qilmaganman. Ammo men "Manchester Siti"da o‘ynashni va jahon chempionatida ishtirok etishni tasavvur ham qilmagandim", - dedi yarim himoyachi.
Fikrlar