De Ligt maqsadiga erishdi

  • 3 iyul, 2022, 13:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” hamon “Yuventus” klubining markaziy himoyachisi Matteys de Ligtga qiziqish bildirmoqda.

Londonliklar yaqin kunlarda Niderlandiya terma jamoasining 22 yoshli futbolchisi uchun 75-80 million evro taklif qilmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” de Ligtga 2027 yilgacha tuzilgan shartnoma va yiliga 11 million evro maosh to‘lashga rozi bo‘lgan. Biroq "Yuventus" futbolchi uchun 90-100 million evro talab qilmoqda.

De Ligt o‘tgan mavsum "Yuventus" safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!