De Rossi qaysi jamoani boshqarishni xohlaydi?

  • 8 sentabr, 2020, 08:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi va Italiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Daniele De Rossi kelajakda "Fiorentina"ni boshqarishni orzu qilishini aytdi.

Tecno

“Men murabbiylik litsenziyasini olishga juda yaqinman. Iloji boricha tezroq murabbiylik lavozimini egallashga umid qilaman. Men “Fiorentina”ni boshqarishni istardim. Umuman olganda, A Seriyaning istalgan jamoasi men uchun ajoyib start bo‘lardi”, - deydi De Rossi.

De Rossi “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “bo‘rilar” safida 2002-2019 yillarda to‘p surgan. So‘nggi jamoasi esa, Argentinaning “Boka Xuniors” klubi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!