De Xea "Manchester Yunayted"da qolmoqchi

  • 20 iyun, 2023, 18:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik darvozabon David de Xea “Manchester Yunayted”ni tark etish niyatida emas. "The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, darvozabon murabbiylar shtabi va rahbariyat bilan suhbatlashgan va unda u "Old Trafford"da qolish istagini bildirgan.

Tecno

Manbaning qayd etishicha, De Xea hatto “qizil iblislar”ning zaxira darvozaboni roliga ham tayyor. Ispaniyalik posbonni klubdagi maoshi qoniqtirmoqda, shuningdek, u jamoa va shaharga qattiq bog‘langan.

David 2011 yilning iyulidan beri "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma iyun oyi oxirida tugaydi.

De Xea o‘tgan mavsum premer-ligada 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!