De Xea yangi mavsumni Bundesligada boshlashi mumkin

  • 27 iyul, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik darvozabon David De Xea "Bavariya"ga o‘tishi mumkin. Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis grandi "Manchester Yunayted"dan ketganidan so‘ng erkin agentga aylangan posbonga qiziqish bildira boshlagan.

Tecno

Manuel Noyer hali mashg‘ulotlarda to‘liq kuch bilan qatnasha olmayapti va katta ehtimol bilan mavsum startiga qadar formaga tusha olmaydi. O‘z navbatida Yan Zommer ham ikkinchi raqamda bo‘lishni istamaydi va tezroq "Inter"ga o‘tish niyatida.

Bu orada “Bavariya”da De Xea nomzodi paydo bo‘ldi. Klub rahbariyati ispaniyalik futbolchi bu jamoaga o‘tishga tayyormi yoki yo‘qligini bilmoqchi.

Oldinroq “Yuventus” darvozaboni Voytsex Shensni ham "Bavariya"ning “radariga” tushib qolgani xabar qilingan edi. Ammo turinliklar polshalik posbonni qo‘yib yuborishni istamayapti.

Kecha nemis klubi David Rai transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlagani haqida xabar berilgandi. Biroq jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel tarkibda baland bo‘yli darvozabonni ko‘rishni istayapti, “Brentford” darvozabonining bo‘yi esa 1,83 metr. Bu Tuxelga to‘g‘ri kelmasligi aniq.

Shuningdek, “Bavariya” ko‘zlagan darvozabonlar ro‘yxatidan Yassin Bunu (“Sevilya”), Giorgi Mamardashvili (“Valensiya”), Robert Sanches (“Brayton”) va Kamil Grabara (“Kopengagen”) joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!