De Yong Karvaxalni tanqid qildi
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "el-klasiko"dan so‘ng Karvaxalning Yamalga qilgan imo-ishoralari haqida salbiy fikr bildirdi.
"Agar Karvaxal Yamal bilan gaplashmoqchi bo‘lsa, buni yolg‘iz o‘zi qilishi kerak edi. Agar buni ham istamasa, hech bo‘lmasa, qo‘ng‘iroq qilib murosaga kelishi kerak edi. Ular bitta terma jamoa vakillari hisoblanadi. Bir-birlarini yaxshi tushunishlari kerak. Maydonni sahnaga aylantirishgani yaxshi bo‘lmadi", - dedi niderlandiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, kechagi uchrashuvdan so‘ng ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida janjal yuzaga kelgan edi.



Fikrlar