De Yong O'zbekistonga qarshi o'yin haqida: "Biz bu o'yindan ko'p narsani o'rgandik"
Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvidan keyin jamoasining oʻyini haqida fikr bildirdi.
Futbolchining taʼkidlashicha, "uchar gollandlar" koʻrsatgan oʻyin darajasi uni qoniqtirmagan. Shu bilan birga, u Jahon chempionati oldidan xavotirga oʻrin yoʻqligini ham qayd etdi.
De Yongning fikricha, Oʻzbekistonga qarshi bahs jamoaga muayyan xulosalar chiqarish va maydondagi oʻzaro tushunishni yaxshilash imkonini bergan.
"Biz bu oʻyindan koʻp narsani oʻrgandik. Lekin, albatta, bu Jahon chempionatida koʻrsatmoqchi boʻlgan darajamiz emas. Shunga qaramay, bu bahs bizga yordam beradi", — dedi Frenki de Yong.
Futbolchi Niderlandiya terma jamoasi mundial boshlanishiga qadar oʻz oʻyinini yanada yaxshilashi lozimligini taʼkidladi.

Fikrlar