
De Yong yozda "Manchester Yunayted"ga o‘tadimi?
“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong hozircha "Manchester Yunayted"ga o‘tish niyati yo‘qligini aytdi.
- Yozda "Manchester Yunayted"ga bormaysiz, to‘g‘rimi?
- O‘ta olmayman deb o‘ylayman. Albatta, siz hech qachon nima bo‘lishini oldindan bilmaysiz, lekin men "Barselona"dagi hamma narsadan mamnunman.
Niderlandiyalik futbolchi joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar