Deklan Rays kuchliroq jamoaga o‘tmoqchi ekanligini aytdi

  • 3 dekabr, 2022, 18:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays jamoasini o‘zgartirishi haqida fikr bildirdi. Katta ehtimol bilan futbolchi yozda "bolg‘achilar" safini tark etadi. 

Tecno
"Men 100 foiz Chempionlar Ligasida o‘ynamoqchiman. Klubimda muntazam yaxshi o‘ynab kelyapman va shunday davom etmoqchiman. 

Angliya termasida chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoadoshlarimni ko‘raman. Men ham buning bir qismi bo‘lishni istayman. Menda bitta karera bor. U tugagach orqaga nazar tashlaganda, eng yorqin o‘yinlarimni va qatnashgan turnirlarimni eslamoqchiman", - dedi futbolchi. 

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Rays xizmatiga "Chelsi" hamda "Manchester Yunayted" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!