Deklan Rays: "Pogba men uchratgan eng kuchli 3 futbolchidan biri"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Vest Xem" futbolchisi Deklan Rays MYu vakili Pol Pogba haqida fikr bildirdi. Aytishicha, u jahondagi eng yaxshi charm to‘p ustalaridan biri.

"U men ko‘rgan eng zo‘r 3 o‘yinchidan biri. Bunga shubha yo‘q. Unga qarshi o‘ynash ancha qiyin.

Pol jismonan juda baquvvat. Shuningdek, u to‘pni yaxshi nazorat qiladi. 

Menimcha, uning eng ajoyib harakatlari Frantsiya terma jamoasida amalga oshirilgan. Uzun paslar, yuqori pressing va aqlbovar qilmas texnika. Bularning barini u Frantsiya libosida to‘p tepayotganda ko‘rishingiz mumkin, - dedi angliyalik yarim himoyachi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!