Deku: "Biz o‘tgan mavsumdagidek g‘ayratli jamoa emasmiz"
"Barselona" sport direktori Deku jamoaning bu mavsumdagi o‘yin darajasini tanqid qildi.
"Biz o‘tgan mavsumda tasvirlangan g‘ayratli jamoa emasmiz. Biz birgalikda harakat qilganimizda kuchli va mag‘lub etish qiyin bo‘lgan jamoaga aylanamiz. Chunki bizda sifatli o‘yin va sifatli futbolchilar bor. Shunga qaramay, ushbu mavsumda qiyinchiliklarga duch kelyapmiz. Men muhlislar bizdan nima kutayotganini yaxshi bilaman. Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish yoki unga davogarlik qilish uchun, yuqori saviyaga chiqishimiz kerak. Chunki bizda anchagina salohiyatli jamoa bor", - dedi portugaliyalik sobiq futbolchi.
So‘nggi ikki o‘yinda "Barselona" PSJga (Chempionlar Ligasida 1:2) va "Sevilya"ga (Ispaniya chempionatida 1:4) yutqazdi. Ikkala holatda ham kataloniyaliklar o‘yinlarni muvaffaqiyatsiz yakunlashdi.

Fikrlar