
Dele Alli plyajda mast bo‘lib qoldi (FOTO)
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Dele Alli Gretsiyadagi dam olish paytida yoqimsiz vaziyatga tushdi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra angliyalik futbolchi sevgilisi Rubi Meyning tug‘ilgan kunida juda ko‘p alkogol iste’mol qilib yubordi va natijada u plyajda o‘zini yomon his qila boshladi. U o‘z boshqaruvini yo‘qotdi va atrofdagilarning yordami bilan o‘z manziliga etib oldi.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Alli o‘tgan mavsum “Tottenxem” safida 38ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar