Dembele APL klubiga o‘tadigan bo‘ldi

  • 12 iyun, 2022, 18:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele erkin agent sifatida "Chelsi"ga o‘tishi mumkin. Avvalroq, futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnomani uzaytirmasligi haqida xabar berilgandi.

Tecno

“Daily Mail” nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli hujumchi "Barselona" bilan shartnoma imzolamaydi va shu oyda shartnomasi yakunlangach, jamoani tark etadi. Futbolchi erkin agent sifatida Londonning "Chelsi"siga o‘tishga yaqin turibdi.

Shuningdek, Usmonga PSJ ham qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

2021/22 yilgi mavsumda frantsiyalik hujumchi kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 13 assistni yozdirib qo‘ygan. 

"Barselona" o‘tgan mavsumda La Ligada 38 turdan keyin 73 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi. “Chelsi” esa yakuniga etgan APLda 38 o‘yinda 74 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!