Dembele Frantsiya terma jamoasi safida rasmiy o‘yinlardagi ilk golini qo‘shnilarimizga urdi

  • 29.03.2021 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele kecha “JCh-2022” saralashining 2-turida Qozog‘istonga (2:0) qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

E’tiborlisi, bu 23 yoshli futbolchi uchun Frantsiya terma jamoasida rasmiy o‘yinlarda kiritgan ilk goli bo‘ldi. Bungacha Dembele 23 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘rtoqlik o‘yinida 2 ta gol urishga erishgan edi.

Dembele joriy mavsum "Barselona"da 35 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!