Dembele MYuni emas "Chelsi"ni tanlaydimi?

  • 1 aprel, 2020, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" klubi forvardi Mussa Dembele katta ehtimol bilan faoliyatini "Chelsi"da davom ettiradi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar bermoqda.

Aytish kerakki, Dembelega shuningdek "Manchester Yunayted"dan ham qiziqishlar bo‘layotgan edi. Biroq, frantsiyalik futbolchi “aristokratlar” safiga o‘tmoqchi. Uning transfer narxi esa 50 mln evroga baholanmoqda.

Mussa Dembele joriy mavsum “Lion” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va 22 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!