Dembele PSJga o‘tsa, "Barsa"ga qaysi hujumchi kelishi ma’lum

  • 31 yanvar, 2022, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning frantsiyalik hujumchisi Usmon Dembele joriy qishki transferlar davrida Mauro Ikardi evaziga PSJga o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi Dembele uchun 20 million evro talab qilmoqda, shu bois parijliklar ushbu kelishuvga Ikardini qo‘shishni taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ikardi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, biroq u 19 yoshida klubni tark etgan.

28 yoshli Ikardi joriy mavsum PSJ safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishdi. 24 yoshli Dembele “Barselona” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!