Dembele qo‘lini sindirib oldi

  • 24 dekabr, 2020, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" bosh murabbiyi Rudi Garsiya jamoasi "Nant"ga qarshi o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida qisqacha gapirib o‘tdi.

Tecno

“Tiago Mendes tarkibga qaytdi, u maydonga chiqa oladi. Jan Lukas hozircha tayyor emas. Kechagi mashg‘ulotlarda Mussa Dembele kutilmaganda qo‘lini sindirib oldi. Shu sababli, u ham ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ammo u tezroq safga qaytadi, degan umiddamiz”, - dedi Garsiya.

Dembele joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i 1 ta gol urdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!