
Dena Uayt: U hech qayoqqa ketmaydi
UFC rahbari Dena Uayt jurnalistlarning Hamzat Chimaev haqida bergan savollariga javob berdi:
"U Las-Vegasga kelganda, shifokorlar unga kerakli muolajalarni qildi. U shunchaki dorilarni qabul qilishi va dam olishi lozim etdi. O‘z-o‘ziga tiklanib olish imkonini berishi zarur.
Biroq, u bugun chuqur mashg‘ulot o‘tkazdi va tanasini battar qiynadi. U emotsiyaga berildi va o‘sha postni chiqardi.
Hamzat shunchaki mashg‘ulot o‘tkazmay turishi kerak edi. Ammo bu odam - haqiqiy vahshiy. U har haftada jang o‘tkazishni istaydi. Hozir esa, shug‘ullanishi ham mumkin emas.
Bu- emotsiyaga berilish natijasida qo‘yilgan post. Chimaev hech qaerga ketmaydi", - dedi Uayt.
Fikrlar