Denis Shapovalovning omadi kelib qoldi

  • 30 oktabr, 2019, 14:43
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Kanadalik tennischi Denis Shapovalov "Masters" turkumiga kiruvchi musobaqaning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.

Parij shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida Denis frantsiyalik Jil Simon bilan raqobatlashdi. Uchrashuvda hisob 2:2 bo‘lib turgan bir vaziyatda Simon jarohat sabab, uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortdi.

Shu tariqa "Rolex Paris Masters" turnirining ikkinchi davrasida Shapovalov italiyalik Fabio Foniniga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!