
Denisovning jamoasiga mashhur mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlandi
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan Qozonning “Rubin” klubi o‘zining yangi bosh murabbiyini e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Leonid Slutskiy qozonliklar boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan. 48 yoshli rossiyalik mutaxassis “Rubin” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, Slutskiy TsSKA va Rossiya terma jamoasidagi faoliyati bilan ko‘pchilikka yaxshi tanish. Uning so‘nggi ish joyi Gollandiyaning “Vitess” klubi bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, “Rubin” RPLning o‘tgan 17 ta turidan so‘ng 13-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar