
Depay "Barsa"dan ketib, Madrid klubiga o‘tishi mumkin
Niderlandiya terma jamoasi va "Barselona" klubi hujumchisi Memfis Depay jamoani tark etishi kutilmoqda. U allaqachon boshqa jamoalardan kelayotgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda.
Mashhur jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Depayga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. Futbolchi ham "matraschilar" a’zosi bo‘lishga qarshi emas.
Ma’lumot o‘rnida, Memfis joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 13 o‘yinda 5 ta gol va bitta assist qayd etgan.
Fikrlar