
Depay ehtimoliy transferi haqida gapirdi
Memfis Depay uchun mavsum boshi yaxshi boshlangani yo‘q. U jarohatlar bilan kurashdi va yaqindagina safga qaytdi. JCh-2022 guruh bosqichining birinchi turida Senegalga qarshi uchrashuvdan so‘ng “Barselona” bilan bo‘layotgan voqealarga javob berdi.
“Bizda yaxshi jamoa bor. O‘tmishdagi narsalarni eslagim kelmayapti. Bor e’tiborimni jahon chempionatiga qaratmoqchiman. Nima bo‘lsa, mundialdan so‘ng hal bo‘ladi” - dedi niderlandiyalik.
Depayning Ispaniya klubidan ketishi mumkinligi haqida xabarlar bor. O‘tgan yozda u “Yuventus”ga o‘tishga yaqin kelgandi. Ammo futbolchi “keksa senora” bilan kelisha olmay, “Barselona”da qolgandi.
Hujumchini Ekvador va Qatarga qarshi bahslar kutib turibdi.
Fikrlar