Depay yana APLga qaytishi mumkin
"Lion" forvardi Memfis Depay yozgi transferlar davrida yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Daily Mirror nashrining xabar berishicha 25 yoshli gollandiyalik futbolchiga "Liverpul"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgan. Uni shaxsan mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Depay “Lion”ga o‘tishdan avval bir necha mavsum "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan va 53ta o‘yinda ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, Memfis joriy mavsum “Lion” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol hamda 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar