
Depayga raqobatchi topildi
"Vilyarreal" hujumchisi Karl Toko-Ekambi "Lion" futbolchisiga aylandi. Bu haqida frantsuz klubi rasmiy matbuoti xabar bermoqda.
"Lion" safida yil boshidan ijara asosida to‘p surib kelayotgan 27 yoshli futbolchi "taqachilar" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchining transferi ortidan ispaniyaliklar klubi 11,5 million evro ishlab oldi. Futbolchining keyingi natijalariga qarab "Vilyarreal" yana 4 million evro bonusga ega bo‘lishi mumkin.
Qishda "Lion" safini to‘ldirgan kamerunlik futbolchi Frantsiya chempionatida sakkizta o‘yinda 2 gol va 1 golli uzatma bergan.
Fikrlar