
Desham nega Benzemani terma jamoaga chaqirmayapti?
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham nega mamlakat bosh jamoasiga “Real” to‘purari Karim Benzemani chaqirmayotganini tushuntirdi.
“Bu sportcha qaror. Tamom. Benzema irqchilik tufayli chaqirilmayapti? Bunday ayblovlar to‘g‘ri emas, men futbolda bunday inson emasman”, - deydi Desham.
Ma’lumot uchun, Benzema 2015 yildan buyon Frantsiya terma jamoasiga chaqirilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik boshqa bir futbolchi Mate Valbuenani intim videolar orqali shantaj qilishda Benzemaning qo‘li borligi taxmin qilingach, uni terma jamoaga chaqirishmayapti.
Fikrlar