
Desham: Raqiblarga qaraganda tiklanish uchun 36 soat kam vaqtimiz bor edi
Dide Desham "Evro-2024" doirasidagi Niderlandiyaga qarshi o‘yin natijasini sarhisob qildi.
"Siz faqat samaradorlikdan afsuslanishingiz mumkin. Uchrashuv juda shiddatli o‘tdi, niderlandiyaliklar esa odatdagidek ehtiyotkorroq futbol namoyish etdi.
Raqiblarga qaraganda 36 soat kamroq tiklanish uchun vaqt bor edi. Biroq biz o‘z mahoratimizni ko‘rsatdik. Tiklanish uchun qo‘limishdan kelgan narsani qildik.
Kilian - Killian. Biz uni boshqa futbolchilar bilan solishtirmoqchi emasmiz. Barkolaning yaxshi jihatlari ko‘p, ammo u avval terma jamoada o‘ynamagan va bunday uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatishi oson emas. Uni bellashuv so‘nggida maydonga tushirishga ikkilanib qoldim. Shunday bo‘lsa-da, jamoa muvozanatli harakat qildi, xavfli vaziyatlar yaratdi va yaxshi himoyalandi.
Kante porlayapti. Bu biz uchun juda yaxshi. Menda yarim himoya uchun tanlov ko‘p, ammo Kante o‘zgacha bir qobiliyatga ega", - dedi Frantsiya terma jamoasi ustozi.
Fikrlar