Deshamga keyingi yirik turnir oldidan imkoniyat beriladi

  • 14 dekabr, 2022, 10:21
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya bosh murabbiyi Dide Desham JCh-2022dan keyin ham jamoa bilan ishlashda davom etadi. Le Parisien xabariga ko‘ra, Frantsiya futbol federatsiyasi mutaxassis bilan shartnomani yana ikki yilga, Evro-2024ga qadar uzaytirishni reja qilgan.

Ma’lumot uchun, Desham "uch ranglilar"ni 2012 yildan buyon boshqarib kelmoqda. 54 yoshli frantsiyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2022 yilning dekabr oyi oxirida yakuniga etadi. Biroq rahbariyat unga bo‘lajak Evropa chempionatida ham ishonch bildirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi jahon chempionatida Frantsiya yarim finalga chiqishni uddaladi va bu bosqichda bugun 14 dekabr kuni Marokash bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!