
Devid Benavides: "Saul Alvaresni ayni paytda birgina bokschi enga oladi"
Yarim og‘ir vaznda WBC chempioni Devid Benavides ikkinchi o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares uchun jiddiy raqib kimligini aytdi.
"Ayni paytda "Kanelo"ni mag‘lub eta oladigan birgina bokschi nomini ayting, deyishsa, jimgina Terens Krouford ko‘rsatgan bo‘lardim. Uning jang IQ si butunlay boshqa darajada. Umuman, har ikki charm qo‘lqop ustasi ham bir-biriga juda munosib raqib" - dedi Benavides Kamaru Usmon va Genri Sexudo bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Alvares (63-2-2, 39 KO) va Krouford (41-0, 31 KO) to‘qnashuvi 13 sentyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar