Deyvison Figeyredu: "Dehqon oilasidan chiqib, UFC chempioniga aylandim"

  • 20 noyabr, 2024, 15:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Braziliyalik UFC jangchisi Deyvison Figeyredu (24-3-1) rossiyalik Pyotr Yan(17-5)ga qarshi bo‘lajak jang haqida gapirdi.

Tecno

“Men og‘zimda kumush qoshiq bilan tug‘ilmaganman. Men o‘rmondanman. Otam dehqon edi va u meni har doim yovvoyi hayvonlar bilan shug‘ullanishim mumkin bo‘lgan o‘rmonda o‘stirgan. Shu sharoitdan chiqib, UFC chempioniga aylandim. Ayni paytda esa men juda ochman. Oktagonga kirib, eng yaxshi jangchi ekanligimni isbotlayman. Men o‘ta engil vazn toifasida UFC kamari uchun jang qilmoqchiman. Bo‘lajak raqibimga kelsak, biz Yanni diqqat bilan o‘rgandik. Uning bir qator kamchiliklari bor. Uning bazasi kurash yoki jiu-jitsu emas. Shu bois bundan muvaffaqiyatli foydalanishim mumkin", — deya Figeyreduning so‘zlarini keltiradi "Sherdog" portali.

Eslatib o‘tamiz, Deyvison Figeyredu va Pyotr Yan to‘qnashuvi 23 noyabr kuni Xitoyda, "UFC Fight Night 248" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!