
Di Mariya, Dibala va Ikardi bir klubda birlashishi mumkin
Istanbulning "Galatasaroy" jamoasi argentinalik yulduz futbolchilardan hujum chizig‘ini shakllantirishni rejalashtirmoqda. Turkiya matbuotining ma’lum qilishicha, klubning transferlar ro‘yxatida Turinning "Yuventus" klubi vingeri Anxel di Mariya va "Roma" hujumchisi Paulo Dibala ham bor.
Ayni damda "Galatasaroy"da PSJdan ijaraga olingan forvard Mauro Ikardi to‘p surmoqda. Uning shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
Turkiya chempionatining 24-turi yakunlariga ko‘ra, Istanbul jamoasi 60 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchisidan to‘qqiz ochkoga ortda qolgan holda turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar