
Di Mariya "Benfika" bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi
"Yuventus"ning hujumkor yarim himoyachisi Anxel di Mariya faoliyatini Portugaliya chempionatiga ko‘chiradi. "Record" nashri xabariga ko‘ra, 35 yoshli vingerning yangi ish joyi Lissabonning "Benfika"si bo‘ladi. Tomonlar muzokaralar olib bordi va bir yillik shartnoma imzolashga kelishib oldi.
Muzokaralarda Anxelning terma jamoadagi sherigi hisoblangan “burgutlar” himoyachisi Nikolas Otamendi muhim rol o‘ynadi.
Shu oy boshida di Mariya Turin klubini tark etishini e’lon qildi. O‘tgan mavsumda argentinalik futbolchi "keksa senyora" safida 40 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar