Di Mariya Neymar va Mbappega qarshi chiqyapti

  • 29.11.2020 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumkor yarim himoyachisi Anxel di Mariya bosh murabbiyning unga munosabatidan noroziligini bildirdi.

Anxelning fikricha, murabbiylar shtabi Neymar va Kilian Mbappe o‘ndan yomon o‘ynayotgan bo‘lsa ham, ularni hech qachon zaxiraga olishga botina olmaydi.

Argentinalik futbolchining o‘zi barcha turnirlarda o‘nta uchrashuv o‘tkazib, shulardan oltitasida maydonni erta tark etdi.  32 yoshli futbolchi aksariyat hollarda Neymar va Mbappedan yaxshi o‘ynayotganiga qaramay, zaxiraga olinayotganini adolatsiz sifatida qabul qilyapti.

Di Mariyaning klub bilan shartnomasi joriy mavsum oxiriga yakunlanadi. Ko‘pchilik uning jamoadan ketishini kutyapti. PSJ rahbariyati esa unga yangi shartnoma taklif qilish bo‘yicha ish boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!