Di Mariya: Nihoyat, muxlislarning mehrini his qildim

  • 14.04.2023 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus"ning hujumkor yarim himoyachisi Anxel di Mariya kelajak faoliyati haqida fikr bildirdi. Ta’kidlash lozimki, 35 yoshli argentinalik futbolchining “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

“Biz [yangi shartnoma haqida] gaplashyapmiz. Men bu erda baxtliman. Nihoyat, og‘ir startdan so‘ng muxlislarning mehrini his qildim”, — dedi di Mariya.

Di Mariya joriy mavsum “Yuventus” safida jami 27 ta o‘yin o‘tkazdi va 8 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali ekspertlari Anxel di Mariyani ayni damda 10 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!