
Di Mariya Ronaldu va Messi haqida gapirdi
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" forvardi Lionel Messi haqida gapirib o‘tdi.
“Ronaldu – yovvoyi. U tabiiy iqtidorga ega bo‘lmasada, “Oltin to‘p” uchun Messi bilan raqobatlashayotganiga aqlbovar qilmaydi. Bunday raqibga ega bo‘lish ularning har ikkalalari uchun ham juda muhim”, - dedi argentinalik futbolchi.
33 yoshli Messi faoliyati davomida “Oltin to‘p”ni 6 marta, 35 yoshli Ronaldu esa 5 marta qo‘lga kiritgan.
Di Mariya 2010-2014 yillarda “Real”da Ronaldu bilan birga o‘ynagan, Messi bilan esa Argentina terma jamoasida birga to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar