
Di Mariya sobiq klubiga qaytadi
Di Mariya "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmaslikka kelishib oldi. Uning keyingi manzili "Benfika" bo‘ladi, deya xabar berdi Fabritsio Romano. Vinger Portugaliya klubi bilan bir yillik bitim tuzadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Di Mariyaga Saudiya Arabistonidan ham bir nechta takliflar bo‘lgan, lekin u Evropada qolishni ma’qul ko‘rdi. Mazkur transferda uning yaqin do‘sti Otamendi muhim ro‘l o‘ynadi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi o‘tgan yozda PSJni erkin agent sifatida tark etib, "Yuventus"ga o‘tgandi. U ushbu mavsum 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar