
Di Mariya terma jamoadagi faoliyatini qachon yakunlashi ma’lum!
Argentinaning eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan Di Mariya terma jamoadagi faoliyatini qachon tugatishi haqdagi savolga javob berdi.
"Men uchun "Kopa-2024" terma jamoa libosidagi so‘nggi turnir bo‘ladi. Mazkur chempionatdan keyin Argentinadagi faoliyatimga nuqta qo‘yaman", - dedi Anxel.
35 yoshli vingerning ayni paytda jarohati bo‘lganligi sabab yig‘inga chaqirilmadi. Skaloni shogirdlari esa JChga saralash bahslarini o‘tkazib, turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Di Mariya ilk bor 2008 yili Argentina uchun maydonga tushgan.
Fikrlar