Di Mariyani ikki do‘sti kutmoqda

  • 6 dekabr, 2020, 08:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJning hujumkor futbolchisi Anxel Di Mariya parijliklarning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmadi va yozda Frantsiya chempionatini tark qiladi.

Ayni paytda bu futbolchiga Italiya grandlaridan chorlov bo‘lyapti. “Yuventus” va “Milan” tajribali o‘yinchini o‘z tarkibida ko‘rmoqchi.

Yaqinda “Yuventus” to‘purari Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatini Di Mariyani olishga chaqirgandi. Portugaliyalik hujumchi bu futbolchi bilan birga “Realda o‘ynagan. O‘z navbatida, “Milan”da argentinalik yarim himoyachi bilan PSJda birga o‘ynagan Zlatan Ibrohimovich ham to‘p tepmoqda.

Endi Anxel Di Mariya ikki do‘sti o‘ynaydigan jamoalardan birini tanlashi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!