Di Mariyaning yangi jamoasi nomi ma’lum

  • 18 may, 2022, 01:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Anxel Di Mariyaning yangi klubi nomi ma’lum bo‘ldi. 

34 yoshli futbolchi yozgi transferlar oynasida Parij klubidan "Yuventus"ga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi. "Goal.com" nashrining xabar berishicha, argentinalik futbolchi turinliklar bilan shartnoma borasida kelishib olgan. 

Qayd etish lozim, Anxel A Seriyada to‘p tepish borasida tajribaga ega emas. U hozirga qadar Angliya, Ispaniya, Portugaliya va Frantsiya chempionatlarida to‘p tepgan. 

Eslatib o‘tamiz, Di Mariya 2015 yilda PSJ safiga kelib qo‘shilgan va shu vaqt mobaynida 5 marta Frantsiya chempioniga aylangan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!